
- 1
- 21.10.2026 15:29:00
- 1 daq o'qish
“FM World” korxonasida “Nasaf” brendi ostida qishloq xo‘jaligi texnikalari yig‘ilmoqda. Mahsulotlarning 30 foizini eksport qilish rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida Qarshi shahridagi “FM World” zavodini ko‘zdan kechirdi.
Xitoy investitsiyasi hisobiga tashkil etilgan 20 million dollarlik majmuada 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxonada besh xil rusumdagi traktorlar, paxta terish mashinalari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari yig‘iladi. Traktorlar GPS, avtopilot va masofadan nazorat qilish tizimlari bilan jihozlangan.
Mahalliylashtirish darajasi 30 foizni tashkil etib, zavodda 138 turdagi detal va butlovchi qismlar tayyorlanadi. Kelgusida yillik eksport hajmini 50 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Prezidentga ishlab chiqarish jarayoni taqdim etilib, mahalliylashtirishni kengaytirish va milliy brendni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.