Qashqadaryoda 6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi

Qashqadaryoda 6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi
  • 1
  • 21.10.2026 16:45:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qashqadaryoda umumiy qiymati 6 milliard dollarlik 69 ta loyiha ishga tushirildi, yana 92 ta loyihaning qurilishi boshlandi.

Yangi sanoat korxonalarida qariyb 7 mingta doimiy ish o‘rni yaratilmoqda. Italiyaning “Cotonella” brendi yiliga 8,5 million dona trikotaj mahsuloti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. To‘qimachilik sohasidagi yana 14 ta loyiha orqali 18 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligida ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. “Wosune Food Ingredients Karshi” korxonasi yiliga 100 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlaydi. Qiymati 150 million dollar bo‘lgan chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavodni esa yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Oqsuv daryosida umumiy quvvati 24 megavatt bo‘lgan uchta GES ishga tushirildi. Kitob tumanida oltin qazib olish, Shahrisabzda esa 300 million dollarlik dor yo‘li, mehmonxona va tog‘-chang‘i kurortini qurish loyihalari boshlanmoqda.
Prezident 2027-yil Qashqadaryoni zamonaviy sanoat va agrotexnologiyalar asosida rivojlantirish yili bo‘lishini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News