Voyager 1 zondi Yerdan qariyib 26 mlrd km uzoqlaşib, tarixiy rekord örnatdi

Voyager 1 zondi Yerdan qariyib 26 mlrd km uzoqlaşib, tarixiy rekord örnatdi
  • 11
  • 20.11.2026 13:22:00
  • 2 daq o'qish

NASAning kosmosda qariyb 50 yildan beri sayohat qilib kelayotgan Voyager 1 kosmik zondi Yerdan taxminan 26 milliard kilometr uzoqlikda joylaşdi. Endi Yerda yuborilgan radio signal zondga yetib borişi uçun 24 soat, javob signali qaytişi uçun esa yana 24 soat vaqt kerak böladi.

Maʼlumot uçun, Voyager 1 insoniyat yaratgan va Yerdan eng uzoqda joylaşgan obyekt hisoblanadi. U bu rekordni 1998-yilda Pioneer 10 zondidan özib ketganidan söng qölga kiritgan.

Kosmik apparat 1977-yil 5-sentabrda Quyoş tizimining taşqi sayyoralarini örganiş uçun uçirilgan. Dastlab uning missiyasi atigi beş yilga möljallangan bölsa-da, Voyager 1 qariyb yarim asrdan beri faoliyat yuritmoqda. 2012-yilda u geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga çiqgan.

Hozirda zondning bortidagi 10 ta ilmiy asbobdan faqat ikkitasi işlamoqda. Plutoniy parçalanişidan energiya oluvçi generatorlar quvvati 470 vattdan 210 vattgaça kamaygan. Missiyani uzaytiriş maqsadida NASA muhandislari energiya sarfini qayta taqsimlab, qariyb 10 vatt elektr energiyasini tejaşga erişgan. Bu esa zondning qolgan ilmiy asboblari öçirilmasdan yana taxminan ikki yarim yil işlaşiga imkon berişi mumkin.

2026-yil oktabr oyi oxirida Voyager 1 bilan aloqa ikki kunga uzilgan, biroq keyinçalik qayta tiklangan. Mutaxassislar uziliş sabablarini örganmoqda va kelgusida bunday holatlar tez-tez yuz berişi mumkinligini taʼkidlamoqda.
Voyager 1 hozir Gliese 445 yulduzi tomon soatiga qariyb 61 ming kilometr tezlikda harakatlanmoqda. U uşbu yulduzga taxminan 40 ming yildan keyin yaqinlaşişi kutilmoqda.

Zond bortida insoniyatning yulduzlarga yöllagan xabari — 55 tilda salomlaşuvlar, musiqa, tabiiy tovuşlar va tasvirlar yozilgan oltin disk ham mavjud. Voyager 1 faoliyatini töxtatganidan keyin ham uşbu disk yulduzlararo fazoda insoniyat haqidagi xabarni olib yurişda davom etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News