Turkiyada ona ayiq va bolasi otib öldirildi

Turkiyada ona ayiq va bolasi otib öldirildi
  • 4
  • 22.11.2026 03:04:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Anqara viloyati Qiziljohamom tumanidagi Söğuksu milliy boğida ona qönğir ayiq va uning bolasi otib öldirildi. Voqea jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab bölmoqda.

Ma’lum qilinişiça, “Kar” (Qor) deb nomlangan ona ayiq va uning bolalari tez-tez aholi yaşaş hududiga tuşib, çiqindi qutilaridan oziq izlagan. Şu sababli ular odamlar xavfsizligiga tahdid solişi mumkinligi aytilgan. Şundan söng ona ayiq va bolalaridan biri öqotar qurol bilan otib öldirilgan. Qolgan ikki bolasi esa qoçib qutulgan.

Xabarlarga köra, ayiq va uning bolasini otiş işlari Tabiatni muhofaza qiliş va milliy boğlar boş boşqarmasi roziligi bilan amalga oşirilgani aytilmoqda.

Mazkur holat Turkiya parlamenti kun tartibiga ham olib çiqildi. Ayiqning öldirilişiga kim ruxsat bergani, mas’ullarga nisbatan tergov boşlanganmi va onasiz qolgan ikki ayiq bolasini himoya qiliş uçun qanday çoralar körilayotgani haqida izoh talab qilindi.

Şuningdek, ayiq va uning bolasi uçun adolat talab qiluvçi petitsiya ham boşlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News