Janubiy Koreyada vabo bilan kasallangan bemor aniqlandi

Janubiy Koreyada vabo bilan kasallangan bemor aniqlandi
  • 6
  • 21.11.2026 17:01:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Koreyada 2016-yildan beri ilk bor vabo kasalligi qayd etildi. Mamlakat Kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika agentligi ma’lumotiga köra, bemor janubi-şarqdagi Çangvon şahrida şifoxonaga murojaat qilgan. Unda qayt qiliş va iç ketişi alomatlari kuzatilgan.

Bemorning şaxsi oşkor etilmagan. U 17-noyabr kuni soğayib, şifoxonadan çiqarilgan. Ma’lum qilinişiça, bemor sönggi ikki oy davomida xorijga safar qilmagan. Hozirda mutaxassislar infeksiya manbasini va u bilan aloqada bölgan şaxslarni aniqlamoqda.

Janubiy Koreyada bundan avval vabo 2016-yilda qayd etilgan. Öşanda ifloslangan dengiz mahsulotlari bilan boğliq uçta holat aniqlangan. 2001-yilda esa mamlakatda kasallik keng tarqalib, kamida 162 kişi kasallangan.

Vabo asosan ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Kasallik kuçli iç ketişi va qayt qilişga sabab bölib, oğir holatlarda organizmning suvsizlanişi, hatto ölimga olib kelişi mumkin. Şu sababli Janubiy Koreya soğliqni saqlaş idoralari aholini faqat xavfsiz suv içiş, oziq-ovqat mahsulotlarini yaxşilab pişiriş, meva va sabzavotlarni yuvişga çaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News