
- 4
- 21.11.2026 16:16:00
- 1 daq o'qish
Maşhur rassom Vinsent van Gogning “Gullayotgan kaştan daraxtlari” asari Sotheby’s kimoşdi savdosida 190,4 million dollarga sotildi. 1890 yilda Fransiyaning Over-syur-Uaz şahrida çizilgan kartina rassom asarlari orasida yangi narx rekordini örnatdi. Uni san’at savdogari va Acquavella galereyalari rahbari Uilyam Akuavella sotib olgan.
Asar bungaça ham katta tarixga ega. Nufuzli nemis noşiri Samuel Fişer rasmni 1909 yilda Parijda sotib olgan, uning oilasi esa 1936 yilda sotgan. Fişerning merosxörlari surat faşistlar davrida oilaning moliyaviy qiyinçiliklari tufayli adolatsiz narxda sotilganini ta’kidlab, kimoşdi savdosiga qarşi çiqişgan.
Ma’lumotlarga köra, keyinçalik suratning amaldagi egalari bölgan Bleker-Arrieta oilasi hamda Xedvig va Samuel Fişerning barça qonuniy avlodlari örtasida kelişuvga erişilgan.