“Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi

“Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi
  • 15
  • 15.09.2023 10:31:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentda 13-sentabr kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi. 

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 12-sentabr kechqurun Ramina Yagafarova Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada davolanayotgan onasining yoniga kelgan. Jurnalist tomog‘i og‘rigani sababli o‘zining yonida bo‘lgan levofloksatsin (antibiotic) doridan bir dona ichgan, oradan 10-15 daqiqa o‘tib esa unda tutaqanoq kuzatilgan va hushini yo‘qotgan.

Klinika shifokorlari tomonidan ayolga birinchi yordam ko‘rsatilgan va u reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, olib borilgan davo muolajalari natijasida Yagafarova hushiga kelgan, ahvoli yaxshilangan.

Biroq 13-sentabr kuni soat 16:00 larda Yagafarovani takroran tutqanog‘i tutib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay soat 17:50 da biologik o‘lim holati qayd etilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistning o‘limi Doridan allergik reaksiya. Bosh miya o‘pka o‘tkish ishishi. O‘tkir nafar yurak qon tomir yetishmovchiligi. Anafilaktik shok tufayli yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News