
- 7
- 09.11.2023 13:08:00
- 1 daq o'qish
Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston uchun ChatGPT’dan foydalanishga ruxsat berdi. Chatbotdan foydalanish ruxsat berilgan yangilangan ro‘yxatga ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekiston ham qo‘shildi. Bunga qadar mazkur xizmatdan faqat VPN’ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi.
ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) — OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt chatboti bo‘lib, uning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat.