
- 7
- 02.10.2026 14:50:00
- 1 daq o'qish
2026-yilning birinchi yarmi yakunida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 84,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 41,7 mlrd dollari davlat tashqi qarzi, 42,4 mlrd dollari esa korporativ tashqi qarz hisoblanadi.
Korporativ tashqi qarz xususiy sektor, tadbirkorlik subyektlari va banklarning davlat kafolatisiz jalb qilgan mablag‘laridan iborat. Bu qarzlar bo‘yicha davlatning majburiyati mavjud emas.
Hisobot davrida O‘zbekistonning tovarlar va xizmatlar eksporti 15,4 mlrd dollar, importi esa 28,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Natijada tashqi savdoda 13,4 mlrd dollarlik manfiy saldo yuzaga kelgan.
Birlamchi va ikkilamchi daromadlar hisobidagi ijobiy saldo bu tafovutni qisman qoplagan. Yakunda joriy operatsiyalar hisobi 6,2 mlrd dollar taqchillik bilan shakllangan.