O‘zbekistonning yalpi oltin-valuta zaxiralari 35,4 milliard dollargacha qisqardi

O‘zbekistonning yalpi oltin-valuta zaxiralari 35,4 milliard dollargacha qisqardi
  • 5
  • 11.04.2023 08:31:00
  • 1 daq o'qish

Mamlakatning valuta aktivlari esa 13,2 foizga kamayib, 10,1 milliard dollarni tashkil etdi. 

O‘zbekistonning yalpi oltin-valuta zaxiralari, jumladan, monetar oltin va valuta aktivlari 2023 yilning birinchi choragida 1 foizga kamayib, 35,4 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy Bank ma’lumotlariga tayanib «Praym» yozdi. 

Xabarda keltirilishicha, monetar oltin hajmi 1,1 foizga oshib, 24,3 milliard dollarni tashkil etdi. Mamlakatning valuta aktivlari esa 13,2 foizga kamayib, 10,1 milliard dollarni tashkil etdi. 

Markaziy Bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari o‘tgan yili o‘tgan yilga nisbatan 1 foizga o‘sib, 35 milliard 768 million dollarga yetdi.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News