
- 8
- 28.09.2026 09:28:00
- 1 daq o'qish
Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning shaxmat olimpiadasidagi tarixidagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi.
O‘zbekiston chempionlikni so‘nggi turdagi Ukraina bilan bahs yakunlanishidan oldin matematik jihatdan kafolatladi. Bunga Hindistonning Vengriya bilan 2:2 hisobidagi durangi sabab bo‘ldi.
Terma jamoa dastlabki 7 turda g‘alaba qozondi. Keyingi bahslarda Germaniyaga qarshi durang o‘ynagan O‘zbekiston AQSH va Armanistonni mag‘lub etdi. Jamoa tarkibidan Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov joy oldi. Terma jamoaga sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov sardorlik qildi.
O‘zbekiston 2022-yilda Chennai shahrida ham Olimpiada chempioni bo‘lgan. 2024-yilgi musobaqada esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.