O‘zbekiston viloyatlari bilan AQSh shtatlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston viloyatlari bilan AQSh shtatlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
  • 2
  • 27.09.2025 16:21:00
  • 1 daq o'qish

Prezident topshirig‘iga binoan, har bir O‘zbekiston viloyati AQShning ma’lum bir shtati bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik mahalliy tadbirkorlar va xorijiy sheriklar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha yig‘ilishda, joriy yilning uchinchi choragida investitsiyalar hajmi 33,5 milliard dollarga yetishi kutilayotgani aytildi. Eksport esa 23 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 31 foizga oshgani ta’kidlandi. Biroq ayrim hududlarda eksport ko‘rsatkichlari pasaygani qayd etildi. Prezident yil yakunigacha 7,3 milliard dollarlik qo‘shimcha eksportni ta’minlash, sarmoya jalb qilish va yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishni topshirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News