UzAuto Motors sotiladi

UzAuto Motors sotiladi
  • 18
  • 23.04.2025 09:48:00
  • 2 daq o'qish

O‘zbekistonda UzAuto Motors, O‘zmetkombinat, UMS (Mobiuz), Uzbekistan GTL, Uzbekinvest, Navoiyazot, Texnopark kabi korxonalarning davlat aksiyalari xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi auksionga qo‘yiladi. Prezidentning 21-aprel kuni qabul qilingan tegishli qaroriga ko‘ra, davlat ishtirokidagi 29 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqariladi. Shu bilan birga, davlat ishtirokidagi 12 ta yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladi. 
Ushbu qaror davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida qabul qilindi.

Quyida savdoga chiqariladigan korxonalar sotiladigan ulushi bilan keltirilgan:
•  Universal Mobile Systems MChJ – 100%
•  UzAuto Motors AJ – 99,7%
•  UzAuto Motors Powertrain AJ – 100%
•  Ubekinvest EISK AJ – 75,24%
•  O‘zagrosug‘urta AJ – 99,35%
•  Uzbekistan GTL MChJ – 100%
•  O‘zbekgidroenergokurilish AJ – 96,7%
•  Transgazmaxsusqurilish AJ – 77,6%
•  Maxsusenergogaz AJ – 41%
•  Turakurgon, Yangiangren, Angren, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Tahiatosh IES – 100%
•  Muborak va Farg‘ona issiqlik elektr stansiyalari – 100%
•  Texnopark MChJ – 100%
•  Uzbek Leasing International AJ – 45,5%
•  O‘zagrolizing AK – 97,5%
•  Toshkent traktor zavodi MChJ – 100%
•  Sherobod sement zavodi MChJ – 100%
•  Yo‘lqurilish AJ – 100%
•  O‘zsuvqurilish AJ – 100%
•  Sharqgunkomir AJ – 99,93%
•  O‘zmetkombinat AJ – 91%
•  Navoiyazot AJ – 75%

Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu jarayonga xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari ham jalb etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News