- 2
- 22.03.2025 13:49:00
- 1 daq o'qish
AQSh chorshanba kuni Yaman poytaxti Sanoga havo zarbalarini berdi. Husiylar nazoratidagi “Al-Masirah” telekanalining xabar berishicha, zarbalar aeroport yaqinidagi hududlarga va turar-joy dahasidagi qurilayotgan binoga qaratilgan. Sog‘liqni saqlash rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar natijasida to‘qqiz kishi, asosan ayollar va bolalar jarohatlangan, kamida 31 kishi vafot etgan.
Bu Tramp qayta hokimiyat tepasiga kelganidan beri eng yirik harbiy operatsiya sifatida qayd etilmoqda.