AQSh osiyolik muhojirlarni Panamaga deportatsiya qildi

AQSh osiyolik muhojirlarni Panamaga deportatsiya qildi
  • 2
  • 15.02.2025 11:05:00
  • 1 daq o'qish

AQSh deportatsiyani tezlashtirish va yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarning oldini olish uchun Osiyodagi qator davlatlar fuqarolarini Panamaga deport qila boshladi. Migrantlar ichida Xitoy, Pokiston, Afg‘oniston va O‘zbekiston fuqarolari bor. Trampning o‘ta keskin tahdidlari va kuchli diplomatik bosimi ortidan Lotin Amerikasi davlatlari AQShga yordam bermoqda. Bu muhojirlarni ommaviy olib chiqish siyosatida yangicha metodni paydo qilishi mumkin. Panama hukumati kelgusi hafta muhojirlarning navbatdagi guruhini Gaple janubidagi kichik shaharchaga yuborish taklifini ham e’lon qildi. Tramp ma’muriyati deportatsiyani tezlashtirish uchun muhojirlarni nafaqat Panama, balki Salvador va Gvatemalaga ham chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlanishicha, barcha ham emas, faqat o‘z davlatiga jo‘natish qiyin bo‘lgan muhojirlar Lotin Amerikasiga chiqarib yuboriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News