YUNESKO dunyoda qancha odam savodsiz ekanini ma’lum qildi

YUNESKO dunyoda qancha odam savodsiz ekanini ma’lum qildi
  • 0
  • 12.09.2026 13:17:00
  • 1 daq o'qish

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 739 million nafar katta yoshli inson oddiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas. Ularning uchdan ikki qismini ayollar tashkil etadi.
So‘nggi 50 yilda savodxonlik darajasi oshgan: yoshlar savodxonligi 1975-yildagi 75 foizdan 2024-yilda 93 foizga, kattalar savodxonligi esa 65 foizdan 88 foizga yetgan.
Shunga qaramay, dunyo bo‘yicha 273 million bola maktabga bormaydi. Daromadi past va o‘rtacha mamlakatlarda 10 yoshli bolalarning 70 foizi oddiy matnni o‘qib, tushuna olmaydi.
YUNESKO 8-sentabr — Xalqaro savodxonlik kuni munosabati bilan savodxonlik insonning asosiy huquqi ekanini ta’kidladi. Bu yilgi tadbirlar Meksikada “Odamlar, sayyora va farovonlik uchun savodxonlik” mavzusida o‘tkazildi.
Tashkilot, shuningdek, Afg‘onistonda qizlar va ayollarning ta’limdan chetlashtirilishi savodxonlik va kelajakdagi imkoniyatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News