Turkiyada 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
  • 4
  • 27.02.2023 14:58:00
  • 1 daq o'qish

Turkiya sharqidagi Malatya viloyatida 27-fevral kuni 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasiga tayanib, Sabah xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Yeshilyurt aholi punkti hududida, 7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Hozirgacha kamida 22 ta bino vayron bo‘lgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News