Turkiya turistlarga uy-joylarni ijaraga berish qoidalarini kuchaytirdi

Turkiya turistlarga uy-joylarni ijaraga berish qoidalarini kuchaytirdi
  • 10
  • 02.11.2023 16:56:00
  • 2 daq o'qish

Turkiyada sayyohlarga ijaraga bergan uy egalari buning uchun maxsus ruxsat olishi kerak bo‘lgan qonun qabul qilindi. Bu haqda hukumatning rasmiy nashri Resmi Gazete ma'lum qildi.

“Turizm bo'yicha uy-joylarni ijaraga berish uchun turistik maqsadlardagi ijara shartnomasini tuzishdan oldin ruxsat olishingiz kerak. Bundan tashqari, turistik maqsadlarda ijaraga beriladigan uylarning kiraverish qismida maxsus belgi osib qo’yilishi shart”, — deyiladi hujjatda.

Ruxsatnomalarni Madaniyat va turizm vazirligi beradi, shuningdek, ularni viloyat hokimligi orqali ham olish mumkin bo‘ladi. Yangi talablar 100 kundan ortiq muddatga ijaraga beriladigan uy-joylarga taalluqli emas.

Qoidalarga rioya qilmay ruxsatsiz ijaraga berilgan har bir obyekt uchun 100 ming turk lirasi (nashr qilingan paytdagi Markaziy bank kursi bo‘yicha 330 ming rubl) miqdorida jarima nazarda tutilgan. Agar birinchi jarimadan keyin ham uylarni noqonuniy topshirishda davom etilsa, 500 ming - 1 million lira (1,65 million - 3,3 million rubl) miqdorida jarima solinishi mumkin.

Joriy yilning sentabr oyida Antaliya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Ali Bahar Hurriyet gazetasiga bergan intervyusida mintaqada “orqa eshik turizmi” muammosi borligini, bu yerda chet elliklar o‘nlab kvartiralarni sotib olishini (bu raqam 60-70 ga yetishi mumkin) va ularni ijaraga berib, asosan noqonuniy mehmonxonalar yaratilayotgani haqida gapirgan edi.

Nashrning qayd etishicha, bunday ijaraga beriladigan uy-joylar litsenziyalanmagan va shu bois ularni tekshirib bo‘lmasdi. Bu esa soliq yo‘qotishlariga olib keldi va xavfsizlik borasida bir qancha xavflarini yuzaga keltirdi.

Manba: uzreport.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News