
- 4
- 12.02.2025 10:48:00
- 1 daq o'qish
Tramp 10-fevral kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida kelajakda “Ukraina Rossiyaning bir qismiga aylanishi mumkinligi”ni aytdi. Shuningdek, u Ukrainaning tabiiy resurslari, xususan, noyob tuproq metallari evaziga Ukrainaga Amerika yordamini taqdim etish taklifini takrorladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Zelenskiy bilan Rossiya bilan bo‘lajak tinchlik shartnomasida xavfsizlik kafolatlari evaziga amerikalik investorlarga Ukrainadagi nodir metallar konlari va gaz konlariga kirish huquqini berish bo‘yicha 500 million dollarlik kelishuv tuzmoqchi.
Tramp Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini 100 kun ichida tugatish imkoniyatiga ishonch bildirgan.