
- 6
- 11.10.2026 13:33:00
- 1 daq o'qish
Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida 7 ta avtomobilni urib yubordi. YTHda 3 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Hodisa 10-oktabr kuni soat 09:40 atrofida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tuproq ortilgan Howo rusumli yuk mashinasining tormoz tizimi nosozligi sabab haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Yuk mashinasi Cobalt, Nexia, BYD Song Plus, Nexia-2, Nexia-3, Damas va Matiz avtomobillariga urilgan. Yo‘l bo‘yidagi do‘konlarga ham zarar yetgan.
Halok bo‘lgan uch kishi voqea joyida vafot etgan. Jarohatlangan to‘rt kishi, jumladan yuk mashinasi haydovchisi, shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.