Toşkentdan Parkentga 10 ming sömga boriş mumkin

Toşkentdan Parkentga 10 ming sömga boriş mumkin
  • 7
  • 20.11.2026 13:02:00
  • 1 daq o'qish

Toşkent – Parkent yönalişida yangi elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi. Yöl haqi 10 ming söm etib belgilangan bölib, bu mazkur yönalişdagi taksi xizmatining örtaça narxidan 2,5 barobar arzon. Elektropoyezd qatnovi joriy yilning sentabr oyidan boşlangan.

Umumiy uzunligi 57,6 kilometr bölgan yönalişda oltita vagondan iborat, 586 nafar yölovçiga möljallangan zamonaviy "EP3D" elektropoyezdi harakatlanmoqda. Poyezd Toşkentdan Parkentgaça bölgan masofani 1 soat 13 daqiqada bosib ötadi va soatiga 120 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi.

Vagonlar iqlim nazorati tizimi, bepul Wi-Fi, USB quvvatlaş nuqtalari va qulay örindiqlar bilan jihozlangan. Nogironligi bölgan yölovçilar uçun maxsus kötargiçlar va moslaştirilgan joylar ham taşkil etilgan.

Yangi yönalişda kuniga 2 ming nafargaça, yiliga esa 300 ming nafar yölovçini taşiş imkoniyati mavjud.

Maʼlumot uçun, Prezident Şavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni mazkur elektropoyezdda Parkent tumaniga taşrif buyurib, yangi vokzal infratuzilmasi bilan tanişdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News