Turkiyada kuchli tornado yuz berdi. Qurbonlar bor

Turkiyada kuchli tornado yuz berdi. Qurbonlar bor
  • 3
  • 22.04.2023 09:20:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Antaliya kurortida kuchli bo‘ron turdi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda.

Kuchli bo‘ron Kumludja, Kemer va Finike tumanlarida yuz bergan. Bo‘ron oqibatida bino, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi yerlari va issiqxonalarga zarar yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Antaliyada yuz bergan tornado oqibatida 2 kishi, jumladan, 13 yoshli qiz halok bo‘lgan. Yana bir kishi bedarak yo‘qolgan, kamida 11 nafar inson jarohatlangan.

Hozirda mashinada onasi bilan birga bo‘lgan daryoga oqib ketgan 20 yoshli qizni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News