Abduqodir transferi 30 million dollarga baholandi

Abduqodir transferi 30 million dollarga baholandi
  • 5
  • 21.12.2024 14:41:00
  • 1 daq o'qish

  Abduqodir Husanovga kimlar qiziqmoqda?

Fransiyaning “Lans” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi, 20 yoshli Abduqodir Husanovni transfer qilishni xohlayotgan klublar soni ko‘paymoqda. Hozirda ishi yurishmayotgan va ketma ket mag‘lubiyatga uchrayotgan Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” O‘zbekistonning eng qimmat o‘yinchisi transferiga qiziqish bildirayotganlar qatoriga qo‘shilgan.

L’Equipe nashriga ko‘ra, “Lans” Husanovni yanvar oyidagi transfer oynasida sotishga tayyor. Faqat 30 million yevrodan kam bo‘lmagan takliflarni ko‘rib chiqadi. Futbolchiga “Man Siti”, PSJ, “Atletiko Madrid”, “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Vest Hem” va “Lester” kabi klublardan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar mavjud.

Transfermarkt portali tomonidan transfer bahosi 12 million yevroga baholagan himoyachiga eng asosiy da’vogar PSJ, “Tottenhem” va “Lester” ekanligi aytilmoqda

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News