
- 20
- 19.11.2026 20:34:00
- 1 daq o'qish
Lionel Messi Argentina futbol assotsiatsiyasi uning ismi va suratlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanishini to‘xtatmoqchi. Argentinaning “Klarin” gazetasi yozishicha, Messi vakillari futbolchining ismi va suratlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanishni to‘xtatish uchun Argentina futbol assotsiatsiyasiga (AFA) rasmiy xat tayyorlagan. Xat yuborilgani yoki yo‘qligi hozircha tasdiqlanmagan.
Xabarga ko‘ra, kelishmovchilikka Argentina terma jamoasi homiylaridan biri Messining suratini uning roziligisiz reklamada ishlatgani sabab bo‘lgan. Futbolchining shu toifadagi boshqa brend bilan eksklyuziv shartnomasi borligi uchun uning jamoasi xalqaro homiylariga vaziyatni tushuntirishiga to‘g‘ri kelgan.
Xabar AFA rahbariyati atrofidagi moliyaviy mojarolar fonida tarqaldi. Hozircha Messi ham, AFA ham bu borada rasmiy izoh bermagan.