
- 5
- 15.06.2024 19:16:00
- 1 daq o'qish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Qayd qilinishicha, ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi. Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan prezidentning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.