Prezident shaxmatchilarni taqdirladi

Prezident shaxmatchilarni taqdirladi
  • 12
  • 29.09.2026 18:43:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida yuqori natija qayd etgan shaxmatchilar va parashaxmatchilarni taqdirlashini ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, shaxmatchilar uy-joy, avtomobil va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Jumladan, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovga uy va avtomobil beriladi.

Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinov ham uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, Olimpiada chempioni bo‘lgan har bir shaxmatchiga 200 ming dollar, ularning murabbiylariga 50 ming dollardan pul mukofoti beriladi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan parashaxmatchilarning har biriga 50 ming dollar, murabbiylariga esa 12,5 ming dollardan beriladi.

Jamoa murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuhamedov ham avtomobil bilan mukofotlanadi.
“Albatta, mashina ham kerak-ku, lekin kelajak kelinlar uchun uy ham kerak”, — dedi Prezident uchrashuvda.
Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi hamda ularni yangi g‘alabalar bilan tabrikladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News