
- 7
- 30.09.2026 17:12:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda pedagoglarning poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qishi talabi bekor qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi. O‘qituvchi toifa sinovidagi natijasiga qarab 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olishi mumkin bo‘ladi.
Pedagog kurs va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi. Prezidentning ta’kidlashicha, bu o‘zgarish malaka oshirishni rasmiyatchilikdan amaliy ehtiyojga aylantirishga xizmat qiladi.