- 0
- 25.04.2025 12:25:00
- 1 daq o'qish
Rossiya TIV vaziri Sergey Lavrovning Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligida rus tilidagi yozuv yo‘qligi haqidagi so‘zlariga O‘zbekiston jamoatchiligi keskin munosabat bildirdi. Jurnalistlar, blogerlar va deputatlar, xususan Sherzodxon Qudratxo‘ja, Alisher Qodirov, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Rossiya TIV vaziriga javob qaytargan.
Ular Lavrovning bu gapini O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashish, deb baholadi hamda O‘zbekiston Rossiyaning koloniyasi emasligini ta’kidladi. Shuningdek, ular Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlari poymol etilayotganiga e’tibor qaratishni talab qildilar.
❗️ Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Samarqanddagi ikki kunlik rasmiy tashrifi davomida “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yib, yodgorlik ostidagi yozuv faqat ingliz tilida berilganini tanqid qilgandi.