Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi
  • 4
  • 04.11.2024 09:55:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

"Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi" deyiladi xabarda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News