
- 5
- 19.06.2024 15:37:00
- 1 daq o'qish
Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2–3 ball).
Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 17:09 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda – 4,2. Chuqurlik – 10 km. Episentr – Toshkentdan 170 km janubi-g‘arbda.
FVV xabariga ko‘ra, zilzila Namangan viloyatining quyidagi uch tumani hududida sezilgan:
Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 43 km.
Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km.
Chust tumanida 2 ball, 59 km.
Shu vaqtda Toshkent shahrida yashovchilar ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.