- 5
- 13.03.2025 08:49:00
- 1 daq o'qish
Jabrlanuvchining ta’kidlashicha, aktrisa operator va rejissyor Shuhrat Mavlonovning ko‘rsatmasiga binoan, gaz pedalini bosgan, biroq o‘sha paytda mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomobil g‘ildiraklari Sabrina Jabborovani ustidan ikki marta bosib o‘tgan.
Jabrlanuvchiga bir soat ichida birinchi yordam ko‘rsatilmaganligi uchun 3 litr qon yo‘qotgan. Keyinchalik u 4-sonli shahar kasalxonasiga olib borilgan, u yerda shifokorlar tomonidan to‘qqiz soat davomida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq jarrohlik amaliyotida toz suyaklari noto‘g‘ri o‘rnatilganligi sababli Sabrina nogiron bo‘lib qoldi.