Toshkentdagi yerusti metrosi – «Qo‘yliq-Sergeli» yo‘nalishida sinov poyezdlar harakati boshlandi

Toshkentdagi yerusti metrosi – «Qo‘yliq-Sergeli» yo‘nalishida sinov poyezdlar harakati boshlandi
  • 2
  • 24.03.2023 15:41:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 24-mart kuni Toshkent meropoliteni yerusti halqa yo‘lining 2-bosqichi «Qo‘yliq – Sergeli» yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.

Hozirda yerusti halqa metro yo‘lining 2-bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan «Qo‘yliq–Quruvchilar» qismi qurib bitkazilgan bo‘lib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi «Quruvchilar–Qipchoq» qismida qurilish ishlari davom etmoqda.

Qayd etilishicha, texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 minga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News