
- 6
- 24.12.2024 15:49:00
- 1 daq o'qish
📱 Telegram asoschisi Pavel Durov tarmoqda joriy qilingan monetizatsiya ortidan messenjer ilk marta yilni daromad bilan yakunlayotganini aytdi. 2024-yilda Telegram Premium obunachilari soni uch barobar koʻpayib — 12 milliondan oshgan.
“Natijada, 2024-yilda Telegramʼning umumiy daromadi 1 milliard dollardan oshdi va kripto-aktivlarni hisobga olmaganda, yilni 500 million dollardan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlaymiz”, — Durov.
Shuningdek, Telegram 4 yil davomida olgan 2 mlrd dollarlik qarzlarini katta qismini uzgan.