- 5
- 01.02.2025 09:36:00
- 1 daq o'qish
25-yanvar kuni Nyu-Yorkda noma’lum shaxslar ko‘ngilxushlik uchun metro poyezdini olib qochdi. O‘smir yigitlar guruhi Bruklindagi Forest-Hills —71-avenyu bekati yonidagi to‘xtash joyida turgan poyezd ichiga, mashinistning kabinasiga kirib, mustaqil ravishda poyezd boshqaruvini ishga tushirgan. Ular metroda sayr qilish bilan cheklanib qolmay, vagonlar ichidagi kuzatuv kameralariga ham zarar yetkazgan. Sayohat tugagach, o‘smirlar tarkibni tark etib, noma’lum yo‘nalishga g‘oyib bo‘lishgan. Yigitlar poyezdni qancha vaqt boshqargani va qancha masofagacha olib ketgani noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlarda poyezd yuqori tezlikda harakatlanganini ko‘rish mumkin. Nyu-York politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd Kvinsdagi zaxira yo‘lda qoldirilgan. Zaxira yo‘l poyezdlar ishlatilmayotgan paytda ularni saqlash uchun qo‘llaniladi. Metropolitan transport boshqarmasining (MTB) xabar qilishicha, R 9108 poyezdi boshqarma xodimlari tomonidan nazoratsiz qoldirilgan. Xodimlar qaytib kelganlarida, poyezdning dastlabki joyidan ko‘chirilganini aniqlaganlar.