
- 6
- 31.07.2023 12:00:00
- 1 daq o'qish
Rossiyaning Volga federal okrugida kamida sakkiz kishi dovul qurboni bo’ldi, 80 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqdagi ma'lumotlar 30-iyul, yakshanba kuni Rossiya rasmiylari tomonidan taqdim etildi.
Tabiiy ofat epitsentri Mari El Respublikasiga to’g’ri kelib, u yerda bo’ron sabab Yalchiq ko’li yaqinidagi sayyohlar joylashgan chodir lageri daraxtlar bilan qoplandi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, halok bo’lganlarning 3 nafari yosh bolalar bo’lgan.
16 kishi kasalxonaga yotqizildi, jabrlanganlardan ikki nafarining ahvoli og’ir, dedi Yoshkar-Ola meri Yevgeniy Maslov. Qayd etilishicha, ofat paytida lagerda 500 ga yaqin mashina bo’lgan.
"Soat 18:00 da kuchli shamol Yalchiq ko’li yaqinidagi ko’p sonli daraxtlarni qulatdi. Bu yer nafaqat Mari El aholisi uchun, balki tataristonliklar uchun ham sevimli dam olish maskani edi", - deb yozdi Respublika rahbari o’zining telegram sahifasida.
Shu bila birga, dovul 36 ming kishini elektr energiyasiz qoldirgan. Butun federal okrugda favqulodda vaziyatlarni tiklash ishlari olib borilmoqda.