
- 0
- 22.08.2025 09:14:00
- 1 daq o'qish
Amerikadagi Stanford universiteti olimlari odamning ichida jim o‘ylagan gaplarini ham so‘zga aylantira oladigan maxsus qurilma ishlab chiqdi. Avval bunday tizimlar faqat odam gapirishga uringanda ishlagan edi. Endi esa odam og‘zini ochmasa ham, miyadagi fikrlar maxsus qurilma orqali so‘zga aylanishi mumkin. Tadqiqotda gapirish qobiliyatini yo‘qotgan to‘rt bemor qatnashdi. Natijada ular o‘ylagan so‘zlar 74% aniqlik bilan to‘g‘ri yechildi.
Bu yangilik kelajakda gapira olmaydigan bemorlar uchun katta imkoniyat bo‘lishi mumkin.