5 yoshli qiz bilan bog‘liq voqeadan so‘ng bog‘cha xodimlari tekshirilmoqda

5 yoshli qiz bilan bog‘liq voqeadan so‘ng bog‘cha xodimlari tekshirilmoqda
  • 6
  • 26.09.2026 10:54:00
  • 1 daq o'qish

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi xabar ortidan O‘zbekistondagi davlat bog‘chalarida xodimlarni tekshirish boshlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holatni o‘rganish va mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini tekshirish uchun Ishchi guruh tuzgan.
Vazirlikka ko‘ra, voqeaga aloqador va xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz yondashgan xodimlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi. Voqeaga daxldor deb gumon qilingan bog‘cha xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Hozirda Ishchi guruh tomonidan barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyatidagi davlat bog‘chalaridan birida ishlovchi ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizni zo‘rlagan. Gumon qilinayotgan K.M. 12-sentabr kuni ushlangan va sud tomonidan qamoqqa olingan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davom etmoqda.
Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi bolaga zarur psixologik, tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bolaning oilasiga ham ko‘mak berish davom ettirilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News