Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni soddalashtirmoqda

  • 1
  • 20.03.2025 09:47:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Koreya tarixida ilk bor O‘zbekiston fuqarolariga Ulsan shahri meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi. 
Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qo‘llanmoqda. Koreya meri, agar natija ijobiy bo‘lsa, boshqa shaharlar ham O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu mexanizmni joriy etishi mumkinligini bildirgan.

Shuningdek, Koreya tomoni O‘zbekiston tomonining Ulsan korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan bo‘lsa, tashkiliy ravishda ishga joylashtirish imkoniyati haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News