
- 6
- 11.07.2024 14:36:00
- 1 daq o'qish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni Farg‘onaga tashrif buyurdi. Joriy yil mart oyida Qo‘qon aeroporti ham yangidan ochilgan edi. Bugun O‘zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi.
Prezident “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida rejalashtirilgan 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, bitgan korxonalar faoliyatini va yangi loyihalar qurilishini boshlab berdi.