
- 5
- 15.06.2024 15:19:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan Ramzan Qodirovga Registon ansamblining esdalik sovg‘asini jo‘natdi. Checheniston rahbariga sovg‘ani “Axmat” Osiyo jangovar ligasi vakillari Oybek Norinboyev va Nodir Qodirovlar topshirishdi va prezidentimizning Qurbon hayiti arafasidagi tabriklarini yetkazishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Ramzan Qodirov Rossiya va O‘zbekiston mintaqalar kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan edi.