
- 5
- 22.02.2025 14:53:00
- 1 daq o'qish
21-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishdi va Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda 2025-yil va kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalar belgilandi. Unda qo‘shinlarda dronlar va ularga qarshi kurashish, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilishda armiyani modernizatsiya qilish va zamonaviy qurollantirishning yangi tizimi – mudofaa sanoati yanada rivojlantirilgani, qo‘shimcha korxonalar tashkil qilingani qayd etildi. Qurolli Kuchlar tomonidan 20 dan ziyod mamlakat bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 400 dan ortiq qo‘shma mashg‘ulotlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishilganligi aytib o‘tildi.