Shavkat Mirziyoyev Putin bilan tovar ayirboshlash masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan tovar ayirboshlash masalasini muhokama qildi
  • 7
  • 11.04.2023 13:54:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 11-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, muloqot jarayonida ikki davlat rahbarlari o‘zaro tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlarni muhokama qilishgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Innoprom» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi dorasidagi hamkorlik ham sermahsul kechayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari, bundan tashqari,  bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News