
- 0
- 29.08.2025 09:45:00
- 1 daq o'qish
Meksika parlamentida qizg‘in bahs-munozaralar janjalga aylanib, deputatlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Hodisa mamlakat hududida boshqa davlatlarning qurolli kuchlari masalasi muhokama qilinayotgan paytda ro‘y bergan. Mushtlashuv muxolifatdagi Institutsion inqilobiy partiya yetakchisi Alexandro Moreno va hukmron “Morena” partiyasi vakili Xerardo Fernandes o‘rtasida boshlangan. Parlament majlisi vaqtida yuz bergan voqea mamlakat siyosiy maydonida keskin tortishuvlarga sabab bo‘ldi.