Yaponiya bilan Janubiy Koreya o‘rtasida navbatdagi inqiroz

Yaponiya bilan Janubiy Koreya o‘rtasida navbatdagi inqiroz
  • 4
  • 23.02.2023 09:34:00
  • 1 daq o'qish

Yaponiya Takesima orolining Yaponiyaga tegishli ekanini ilgari surgani ma’lum qilingan yig‘ilish ortidan Janubiy Koreya e’tiroz bildirdi.

22-fevral kuni “Takesima kuni” nishonlanishi Janubiy Koreyaning mamlakatdagi Yaponiya elchisini ushbu masala bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligiga chaqirishi va e’tiroz bildirishi bilan davom etdi.

Yaponiya tomonidan “Takesima”, Janubiy Koreya tomonidan esa, “Tokto” deb atalgan ushbu orollar ikki davlat o‘rtasida uzoq yillar davomida kelishmovchilikka sabab bo‘lib kelmoqda.

Ikki orolcha va tahminan 30 qoyalikdan iborat bo‘lgan maydon unumdor baliqchilik hududi bo‘lishi tufayli katta ahamiyat kasb etadi.

Yaponiya Janubiy Koreya nazoratidagi orollarning tarixiy jihatdan o‘ziga tegishli ekanini ilgari surmoqda.

10 yildan beri Yaponiyaning Shimane shtatida 22-fevral kuni “Takesima kuni” sifatida nishonlanadi.

Bu yilgi marosimlarga yapon hukumatidan ham bir vakil ishtirok etdi va orollarning xalqaro huquqqa binoan Yaponiyaning tarixiy bo‘lagi ekanini ilgari surdi.

Marosimlar paytida shtatda yashagan yapon va Janubiy Koreyalik guruhlar bilan politsiya o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News