
- 12
- 28.10.2026 15:39:00
- 1 daq o'qish
IMAN Holding asosçisi Rustam Rahmatov kompaniyaning kundalik boşqaruvini yangi mutaxassislarga topşirib, kuzatuv kengaşiga ötişni rejalaştirmoqda. Bu qaror kompaniyaning moliyaviy faoliyati yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar ortidan eʼlon qilindi.
IMAN Holding sobiq hamkori Mahmud Usmonning moliyaviy qoidabuzarliklar haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Kompaniya qariyb 70 mln dollarlik hisobotda 20 mln dollarlik kamomad borligi taʼkidladi.
Kompaniya bergan maʼlumotiga köra, muammoli qarzlar böyiça 3,5 mln dollarlik qoplanmagan risk, boşqaruv kompaniyasining investitsiya fondi oldidagi 2,97 mln dollarlik qarzi hamda nasiya savdo portfeli bilan investorlar portfeli örtasidagi 140,75 mlrd sömlik farqni körsatgan.
IMAN boşqaruv xarajatlarini fond mablağlari hisobidan qoplaş amaliyoti iyul oyida töxtatilganini, 2,97 mln dollarlik qarzni esa noyabrdan boşlab olti oy davomida qaytariş rejalaştirilganini maʼlum qildi.
Şuningdek, kompaniya asosçisi uçun 2026-yil aprelida qariyb 128 ming dollarga xarid qilingan Mercedes-Benz S500 avtomobili bilan boğliq bitim islomiy moliyalaştiriş tamoyillariga mos kelmagani tan olingan. Kompaniya avtomobil avgust oyida sotilib, uning qiymati va ijara tölovlari qaytarilganini bildirdi. BYD Çampion avtomobili böyiça 366,9 mln sömdan ortiq qarzdorlik ham töliq yopilgan. Hozirça sobiq hamkorning daʼvolari va kompaniya keltirgan izohlar yuzasidan mustaqil audit xulosasi eʼlon qilinmagan.