
- 1
- 28.10.2026 12:36:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 27-oktabr kuni Olimpiya şaharçasida ötkazilgan tadbirda Prezident Özbekiston rekordini yangilagan yoş sportçilar OTMlarga davlat granti asosida qabul qilinişi maʼlum qildi. Qayd etilişiça, 2026-yilgi Prezident Olimpiada musobaqasida 3,5 mingdan ziyod yoş sportçi 26 ta olimpiya va paralimpiya sport turi böyiça bellaşadi. Şuningdek, kelasi yildan boşlab, ğolib va sovrindorlarga birinçi örin uçun 25 mln, ikkinçi örin uçun 12 mln, uçinçi örin uçun 6 mln söm mukofot beriladi. Şuningdek, ğoliblarga bir yillik stipendiya tayinlanadi, har yili 50 nafari xorijdagi xalqaro öquv-maşğulot yiğinlariga yuboriladi. Eng yaxşi natija körsatgan sport maktablari zarur jihozlar bilan taʼminlanadi.
Kelgusida musobaqadagi sport turlari soni 35 taga yetkazilib, unda 14–17 yoşli öquvçilar qatnaşadi. Şuningdek, Olimpiya şon-şuhrati muzeyi Olimpiya şaharçasiga köçiriladi.
Prezident yoşlarni intizom, qatʼiyat va tinimsiz mehnat bilan yuqori natijalarga erişişga çaqirdi. Marosim yakunida 2026-yilgi Prezident Olimpiadasi maşʼalasi yoqildi.