Qozoğiston prezidenti boylar uçun soliq stavkasini oşirişni taklif qildi

Qozoğiston prezidenti boylar uçun soliq stavkasini oşirişni taklif qildi
  • 2
  • 28.10.2026 15:21:00
  • 1 daq o'qish

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev yirik mulk egalari uçun yuqoriroq soliq stavkasini joriy etiş masalasini örganişni topşirdi. Bu haqda u 28-oktabr kuni xalqqa qilgan murojaatida ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlaşiça, soliqqa tortişda adolatni ta’minlaş va har bir fuqaroning mamlakat taraqqiyotiga imkoniyatiga qarab hissa qöşişiga erişiş kerak. Töqayev qonuniy yöl bilan orttirilgan boylikni çeklaş maqsad qilinmaganini, gap adolatli soliq tizimini şakllantiriş haqida ketayotganini bildirdi. U hukumat va Qurultoyga uşbu masalani örganib, tegişli takliflar kiritişni topşirdi.

Şuningdek, prezident soliq tuşumlarini oşiriş, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş va korrupsiya xavfini kamaytiriş zarurligini ta’kidladi. Buning uçun soliq tizimini töliq raqamlaştiriş va sun’iy intellekt kabi ilğor texnologiyalardan foydalaniş taklif etildi. Hozirça yuqori soliq stavkasi kimlarga va qança miqdorda qöllanişi, şuningdek, uning aniq miqdori e’lon qilinmagan. Taklif hali örganiş bosqiçida.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News