Rossiya migrantlar yetishmovchiligidan shikoyat

Rossiya migrantlar yetishmovchiligidan shikoyat
  • 8
  • 09.10.2024 09:32:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyadagi kompaniyalarning 53 foizi chet ellik ishchi kuchlari yetishmayotganini ma’lum qildi. Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda kompaniyalar mehnat muhojirlarini jalb qilishda qiyinchilikka duch kelayotganini, kerakli mutaxassislar yo‘qligini, nomzodlar rus tili bo‘yicha imtihonlarni topshira olmayotganini va ishchilarni yollashga qo‘yilgan cheklovlardan shikoyat qilgan. 

Rossiyaga keladigan migrantlar oqimi koronavirus pandemiyasi davrida qisqarib ketdi. Bu holat 2022-yilda Ukrainaga qarshi boshlangan urushdan keyin ham o‘nglanmadi. “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin vaziyat yanada keskinlashdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News