
- 5
- 18.12.2024 13:18:00
- 1 daq o'qish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov modellarni musulmon ayollarga nomunosib tarzda reklama qilayotgan go‘zallik salonlarini yopishga chaqirdi. “Salonlar namoyish qilish mumkin bo‘lmagan tana qismlarini ko‘rsatuvchi suratlarni tarqatmoqda. Odamlarni buzadigan salonlarni, albatta, yopish kerak,”- dedi Qodirov.
Checheniston rahbari xizmati tufayli tashrif buyuruvchilar kasalxonaga tushib qoladigan salonlar faoliyatini ham to‘xtatishga chaqirdi. Bundan tashqari, Qodirov yaqin kelajakda Grozniy shahrida erkaklar va ayollar uchun alohida xizmat ko‘rsatadigan 15 ta dorixona ochilishini aytdi.