Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov uning xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li  Adam Qodirov  uning xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi
  • 11
  • 06.11.2023 08:37:00
  • 1 daq o'qish

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov xavfsizlik xizmatida “muhim lavozim”ga tayinlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.

“Qadrdon ukam Adam Qodirovni Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik xizmatida muhim lavozimga tayinlangani bilan chin qalbimdan tabriklayman”, — deb yozgan Dudayev Telegram’dagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Adam Qodirov o‘zini “vatanning jasur, qo‘rqmas vatanparvari va o‘z dinini himoya qilishga tayyor shaxs” sifatida ko‘rsatdi. Shuningdek, bir necha bor Maxsus harbiy operatsiya zonasida bo‘ldi.

Ahmad Dudayev mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan Adam Qodirovni yana bir bor tabriklab, unga bildirilgan ishonchni shubhasiz oqlashini aytdi.

Ichki ishlar vazirligining Ahmat Qodirov nomidagi Checheniston bo‘yicha maxsus polki komandiri Zamid Chalayev o‘zining Instagram’dagi sahifasida bunga oydinlik kiritib, Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Checheniston rahbarining xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o'tamiz,  Adam Qodirov oktyabr oyi oxirida o‘smir millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Tataristonning ikkinchi muhim ordeni – «Duslik» bilan ham taqdirlangandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News